1.  San’at sohibi, san’atning biror sohasini egallagan ijodkor; san’atchi.
                San’atkorlar oilasi.
                    ▬
                                        Hozir ajoyib san’atkor, xalqning mehrini qozongan xushovoz xonanda Tavakkal Qodirov ijodining avj pardasiga yetgan payt.
                        S. Ahmad, Yulduz
                        
                        Festivalda o‘z filmlarini namoyish qilayotgan san’atkorlar har qancha faxrlansalar, o‘zlarini baxtiyor his qilsalar arziydi.
                        Gazetadan
                        
            
            
                2.  Yuksak mahoratga eta bo‘lgan; yaratuvchi.
                
                                        Ha, Oybek ulkan so‘z san’atkorigina emas, faol ustoz, mehribon murabbiy ham edi.
                        Gazetadan
                        
                        San’atkor tabiatning mo‘jizalari bilan ko‘rishmay, tanishmay o‘tib ketayotgan odamlar ham ko‘p.
                        A. Muxtor, Chinor