1. 1. Keskin harakat qilib, biror kimsa yoki narsaga tashlanmoq, o‘zini (yuqoriga) otmoq. Rustam., qisilgan prujinadek osmonga sapchidi. O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol [Xushro‘y] Ikkinchi va uchinchi kunlarda to‘ppa-to‘g‘ri kundosh ustiga sapchiydi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar Xazon uyumlarini oqizib kelayotgan tiniq sunbula suvi qirg‘oqqa sapchir edi. M. Muhamedov, Qahramon izidan
2. 2. Umuman, keskin harakat qilmoq; sakramoq, irg‘imoq, to‘satdan o‘rnidan turmoq; irg‘ib turib ketmoq. Juvon bexos tok urgandek bir sapchib tushdi. S. Siyoyev, Yorug‘lik Rais, bexos sapchigan ot ustidan uchib tushay dedi-yu, o‘zini o‘nglab olib, jilovni qattiq tortdi. T. Malik, Ajab dunyo Birdan ayol kishining o‘krab yig‘lagan ovozini eshitib, sapchib o‘rnidan turdi-da, Qashqarcha tomon yugurdi. K. Yashin, Hamza
1. yerga ursa, ko‘kka sapchimoq: -