1.  Biror maqsad uchun xarj bo‘lgan pul, mablag‘; chiqim, xarajat.
                
                                        Paxtadan olingan qo‘shimcha hosil barcha qilgan sarflarimizdan ancha ortiq bo‘ldi.
                        Gazetadan
                        
                        — Qarang, birovlarning bolalarini pul sarf qilib, vaqt sarf qilib, tekinga o‘qitsa-ya! — dedi Matqovul.
                        M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
                        
            
            
                2.  Umuman, biror maqsad uchun ishlatilgan, ketgan yoki ketadigan narsa miqdori.
                Material sarfini tejab-tergab turmoq.
                    ▬
                                        Elektr energiyasi sarfini har kuni nazorat qilish odatga aylanib qoladi.
                        Gazetadan
                        
            
            
                3. esk. ayn. Morfologiya.
                O‘zbek tili sarfi.