1.  Birovdan qolgan taom, qoldiq ovqat.
                
                                        O‘zi to‘ymaganning sarqiti qorin og‘ritadi.
                        Maqol
                        
                        Farzandim bor edi, deb bir marta yo‘qlamadi. Bitta-yu bitta bolasi odamlarning sarqiti bilan yashayotganligiga nomus qilmadi.
                        S. Ahmad, Oydin kechalar
                        
                        Zokir qo‘lidagi qadahni taq etkazib stolga qo‘ydi. Qadah tarelkaga urilib, chil-chil sindi, shisha siniqlari ovqat sarqitlariga aralashib ketdi, dasturxon ho‘l bo‘ldi.
                        P. Qodirov, Uch ildiz
                        
            
            
                2. ko‘chma hma O‘tmishdan meros bo‘lib kela-yotgan, ba’zan zamona ruhiga to‘g‘ri kelmaydigan odat, rasm-rusum, tartib va shu kabilar
                Eskilik sarqitlari.
                    ▬
                                        Shahar fuqarosi hayotidagi eskilik sarqitlarini tugatish, dilsiyohlik, asabbuzarlikni olib tashlash — bu oson ish emas.
                        X. To‘xtaboyev, Shirin qovunlar mamlakati
                        
                        Hayotning qanchalar izdan chiqib ketishiga sabab bo‘ladigan sarqit odat — giyohvandlikka la’natlar o‘qiylik!
                        Gazetadan