1.  Kayfi bor, shirakayf; kayfli.
                
                                        — Oyoqlarim ham qaltiray boshladi, ko‘chada sarxush odamlarday borardim, — dedi Kamoliddin.
                        T. Jalolov, Oltin qafas
                        
                        Bir kech ziyofatdan sarxushroq bo‘lib qaytdim.
                        Sh. Xolmirzayev, Og‘ir tosh ko‘chsa
                        
                        Otabek sarxush tovush bilan jiddiygina qilib [mashshoqqa] javob berdi: — Bilsangiz, haydalish kuyini chalingiz, ajralish kuyini chalingiz!
                        A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
                        
            
            
                2. ko‘chma hma Biror narsadan kuchli ta’sirlanib zavqlangan, kayf qilgan; o‘ta baxti-yor; masrur.
                
                                        Men sizni sevaman yalpizlar atri, Qushchalarning sarxush sayrog‘i bilan.
                        X. Davron, Tungi bog‘lar
                        
                        Bo‘sa meni ayladi sarxush, O‘ynab turib sochingning uchin, Yengil tortdim go‘yoki bir qush.
                        Uyg‘un