1.  Biror narsa-buyumning, joyning ustki, yuza tomoni; yuz, yuza, bet.
                Yer sathi. Hovli sathi.
                    ▬
                                        Oy sathiga qadam qo‘ygan dastlabki inson amerikalik astronavt Nil Armstrong edi.
                        Fan va turmush
                        
                        Parom parchalari, kuraklari, taxta va rezinalar suv sathida suzib yurardi.
                        I. Rahim, Chin muhabbat
                        
            
            
                2.  Balandliklarni o‘lchashda asos qilib olingan boshlang‘ich yuza, saviya.
                Dengiz sathidan ming metr baland joy.
                    ▬
                                        Tomchilatib sug‘orishda bog‘ sathidan ma’lum darajada balandroq yerda hovuz qaziladi.
                        Fan va turmush
                        
                        Bu yoqdagi ungur soy sathidan bir quloch past qazilayotgan edi.
                        M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
                        
            
            
                3. ayn. yn. Yuz I 8.
                Kvadratning sathi. Doiraning sathi. Sath o‘lchovlari.