1.  O‘qish-yozishni bilmaydigan, savodi yo‘q.
                
                                        — Axir ular savodsiz-ku, gazetani nima qilishadi? — kuldi Karimboy.
                        K. Yashin, Hamza
                        
            
            
                2.  Yetarli bilimi, ma’lumoti yo‘q.
                
                                        O‘zi bilmaydi-yu, menga o‘rgatganiga kuyaman! Senga o‘xshagan savodsizlar bo‘sa-bo‘masa deydi.
                        A. Qahhor, San’atkor