1.  Yashirin yoki oshkora usulda ovoz berish yo‘li bilan davlat yoki o‘zini o‘zi boshqarish organlari a’zoligiga o‘tkazmoq, tayinlamoq.
                Raislikka saylamoq. Deputatlikka saylamoq.
                    ▬
                                        Uni bir ovozdan direktorlikka sayladilar.
                        Gazetadan
                        
                        Qandolatni ham prezidiumga sayladilar.
                        Oydin, Hikoyalar
                        
            
            
                2.  Tanlamoq, tanlab, saralab olmoq.
                
                                        Xohlab mening tulporlarimdan birovini saylab ol, jo‘namoq bo‘lsang, yaxshi bor.
                        Murodxon
                        
                        Qutlug‘ bo‘lsin saylab olgan yoringiz.
                        Bahrom va Gulandom