1.  Sehr bilan o‘zi yoki boshqalarni har xil qiyofaga kirituvchi; afsungar, jodugar (ertak va afsonalarda).
                
                                        Chiroyli yigit qiyofasiga kirib olgan sehrgar Iblis, sevgilimni qo‘ltiqlab ketayotganini ko‘rib, yonib ketdim.
                        X. To‘xtaboyev, Shirin qovunlar mamlakati
                        
                        U sehrgar bir dumalab, chumchuq qiyofasiga kirdi-da, pir etib uchib ketdi.
                        Oltin beshik
                        
            
            
                2. ko‘chma hma Maftun qilib, o‘ziga bog‘lab oluvchi; fusunkor.
                Sehrgar ko‘zlar. Sehrgar qiz.
                    ▬
                                        Radiodan dutor sadosi taralar, sehrgar kuy Temirjonning qalbiga kirib borar, uning yuzida ma’sum latofat uyg‘otardi.
                        J. Abdullaxonov, Oriyat