1.  G‘ayritabiiy kuchlar, sehrli afsun va duolar yordamida mo‘jiza yaratuvchi harakat va duolar; afsun, jodu.
                
                                        Devlar buni sezib, sehr bilan bitta tayoqni dutorga, qovun po‘chog‘ini doiraga aylantirib, maftun qiluvchi kuy chalib, qo‘shiq ayta boshlabdilar.
                        Oltin beshik
                        
                        O‘g‘lingizning bu ishi bejiz emas: marg‘ilonlik sehr qildimi, jodu qildimi, haytovur, siz shu yo‘sinda yura bersangiz, erta-indin o‘g‘ildan ajralasiz.
                        A. Qodiriy, Utgan kunlar
                        
                        Deydilarki, sening ko‘zlaring Afsungarmish, sehr etarmish.
                        R. Parfi, Ko‘zlar
                        
            
            
                2. ko‘chma hma So‘z yoki xatti-harakatdan kelib chiqadigan maftunkorlik, fusunkorlik, joziba.
                Kuy sehriga berilmoq.
                    ▬
                                        Ko‘p zahmat so‘ngida anglab yetoldim Ustoz Alisherning buyuk sehrini.
                        E. Vohidov
                        
                        Alimardon o‘z ovozining sehri butun to‘yxonani rom etganini sezib, zavq bilan ashula ayta boshladi.
                        O‘. Hoshimov, Bahor qaytmaydi