1.  Etli, to‘ladan kelgan; to‘la.
                Semiz odam.
                    ▬
                                        Skameykada yosh bolali ayolning chap yonida o‘tirgan semiz kishi beparvo gazeta o‘qirdi.
                        O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
                        
                        Sakkiz mehmon ichida ikkisi benihoyat semiz edi.
                        Oybek, Tanlangan asarlar
                        
                        [Otabek:] Nega Zaynab semiz-u, Kumush ozg‘in?!
                        A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
                        
            
            
                2.  Yaxshi boqilgan, etli; bo‘rdoqi; vazndor; yog‘ bosgan.
                Semiz qo‘y. Semiz go‘sht.
                    ▬
                                        Suvonjon avgustning oxirlarida o‘rmon xo‘jaligi punktiga keldi. Uning qo‘lida to‘rtta semiz kakligi bor edi.
                        S. Anorboyev, Oqsoy
                        
                        Sharofatxon bir katta kosada semiz qo‘y go‘shtidan pishirilgan sho‘rvadan keltirdi.
                        Oybek, Tanlangan asarlar
                        
            
            
                3. q. x. x. O‘simlik uchun foydali moddalarga boy, serhosil (yer haqida).
                
                                        Tayyor, semiz yer bo‘lsa, 50 sentnerdan hosil olish uncha qiyin emas.
                        Gazetadan
                        
                        Tuproq — semiz, suv — yaqin, havosi ochiq, Quyosh esa yil bo‘yi bu yerga oshiq.
                        M. Shayxzoda
                        
            
            
                4. s. t. t. Yo‘g‘on, qalin, qappaygan; enli.
                Semiz kitob.
                    ▬
                                        Kechqurun guzarga kirib turing, ko‘rasiz. Semiz-semiz sumka ko‘targan xotinlar o‘taveradi.
                        S. Siyoyev, Otliq ayol
                        
                        Eni bir yarim, bo‘yi ikki qarich chamasi keladigan gazetaning ustiga qora, semiz harflar bilan: Turkiston viloyatining gazeti deb yozilgan edi.
                        M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
                        
                        Oldinda sersavlat Moylixon aka, ortida jigarrang diplomat va semiz qog‘oz papka ko‘targan G‘oyibjon pildirab kelar edi.
                        N. Aminov, Qaltis xato