1. Davlat organlarining moliyaviy qarz (zayom) majburiyati; shuningdek, ko‘rsatuvchiga beriladigan davlat zayomlari obligatsiyalari va qimmatdor bank qog‘ozlari.
2. Omonatchining, belgilangan muddat o‘tgach, bankka qo‘yilgan omonat summasini hamda uning foizlarini olish huquqi haqidagi yozma hujjat.
3. Tashqi savdo amaliyotida: tegishli vakolatli organlar tomonidan beriladigan va tovarning sifati, og‘irligi, ishlab chiqarilgan joyi va boshqalar xususiyatlarini tasdiqlaydigan hujjat.
Mahsulot sertifikati.
4. Biror narsa, voqea haqidagi rasmiy yozma guvohnoma; diplom.
Shayxontohur tumanida kompyuter savodxonligi bo‘yicha tashkil etilgan kursni yakunlagan yoshlarga sertifikatlar topshirildi.
Gazetadan.