Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {sessiya}
So‘z bo‘g‘inlari: ses-si-ya
Izoh(lar)i:
sessiya ot

1. Ish, mashg‘uloti davriy ravishda amalga oshiriladigan vakolatli organlarning, sud yoki jamiyatlarning ish, yig‘ilish o‘tkazadigan davri. Qonunchilik palatasining navbatdagi sessiyasi. Sudning sayyor sessiyasi.

2. Birjalar faoliyatining tashkiliy shakli: kun davomida savdo qilish uchun belgilangan qat’iy vaqt. Sessiyalardan oldin yoki keyin tuzilgan savdo bitimlari haqiqiy hisoblanmaydi va ro‘yxatdan o‘tkazilmaydi. O‘zME

3. Oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida: belgilangan vaqtlarda o‘quv rejasida ko‘zda tutilgan imtihonlarni topshirish davri. Qishki sessiya. — Bu metod hozir bizga ish bermaydi, — tushuntirdi Zokir yumshab. — Vaqt ziq. Gruppalarda muhokama qildirgunimizcha, sessiya yetib keladi. P. Qodirov, Uch ildiz

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.