1.  Kishining ko‘ngil qo‘ygan dildori; yor, ma’shuq(a), mahbub(a).
                
                                        [Temirjon] Qanday bo‘lmasin, sevgilisining qo‘ng‘iroqday tovushini eshitish dardida iztirob chekar, yuragi dam-badam hapriqib turardi.
                        J. Abdullaxonov, Oriyat
                        
                        Sevgilim, seni deb kuydim qanchalar, Sevgilim, yurakda dardim limmo-lim.
                        Yoshlik
                        
            
            
                2. sft. ft. Sevikli, sevimli, yaxshi ko‘rgan.
                Sevgili yor.
                    ▬
                                        Hayot, quloqlari yonida sevgili ohangi birdan yangrab ketgandan, shodlik hayajoni bilan talpindi.
                        M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha