1.  Bahorda, yozda kechasi haroratning pasayishi tufayli mayda tomchilar tarzida yerga inadigan havodagi, atmosferadagi bug‘, namlik; havodan ingan musaffo tomchi; shudring.
                
                                        — Quduqlar-da suv kamayib qolganda, qo‘ylarga tong shabnami qo‘ngan giyoh shimitib ham olib yurdim, — dedi Chatoqbobo.
                        S. Nurov, Durdona
                        
                        Ertalabki shabnam quyosh issig‘ida darhol ko‘tarilganday, xafalik ham Oyqiz dilidan darhol ko‘tarilib ketdi.
                        Sh. Rashidov, Bo‘rondan kuchli
                        
                        Otam ekkan chigitlar Birday tekis unadi, Shabnam emgan g‘o‘zalar Nur qo‘ynida kuladi.
                        Z. Diyor