1.  Shaharda yashovchi, shaharda istiqomat qiluvchi; shahar kishisi, odami.
                
                                        Bolalar shaharlik mehmonlar bilan salomlashib, bir tutam boychechakni Malohatga tutdilar.
                        I. Rahim, Tinimsiz shahar
                        
                        Otasi — shaharlik bir kosib, dehqonlarcha ta’bir qilganda, soyaparvar bir odam.
                        A. Qodiriy, Obid ketmon
                        
                        Sen juda shaharlik bo‘lib ketibsan! Shahardan keyin qishlog‘imiz yoqmay qoldimi?
                        Uyg‘un, Navbahor