1.  Havoning yer sathi bo‘ylab (gorizontal) harakati.
                
                                        Yoqimli shamol. Sovuq shamol. Qattiq shamol turdi. Tuyani shamol uchirsa, echkini osmonda ko‘r.
                        Maqol
                        
                        Shamol bo‘lmasa, daraxtning uchi qimirlamaydi.
                        Maqol
                        
                        Ochiq derazadan kirgan mayin shamol qizning ikki tola sochini bo‘yniga, tomog‘ining tagiga tegizib o‘ynardi.
                        S. Ahmad, Bosh og‘rig‘i