1. mat. at. Fazodagi berilgan nuqtadan (markazdan) muayyan uzoqlikda joylashgan nuqtalarning geometrik o‘rni: yarim doiraning o‘z diametri atrofida aylanishidan hosil bo‘lgan geometrik jism.
                Sharning sirtini o‘lchash. Sharning radiuslari.
                                    
                    
            
            
                2.  Shunday shaklga ega bo‘lgan narsa.
                
                                        Ularning shakli ham qiziq: biri tuxumga, biri bilyard shariga o‘xshaydi, ba’zisi qayroq toshday uzunchoq va silliq.
                        H. Nazir, So‘nmas chaqmoqlar
                        
                        Ammo bo‘m-bo‘sh koridorda to‘satdan Zamira duch kelib qoldi. Ko‘z ko‘zga tushdi-yu, elektr sharlar chaqin chaqqanday bo‘ldi.
                        P. Qodirov, Uch ildiz
                        
            
            
                3.  Bolalar o‘ynashi uchun ichiga havo yoki havoga nisbatan yengil gaz to‘ldirilgan, dumaloq shakldagi rezinka pufak.
                Shar yorildi.
                    ▬
                                        Avvalgi bayramlardagidek havoda rang-barang sharlar uchib yurmayapti.
                        I. Rahim, Chin muhabbat
                        
            
            
                4.  1. 1 Gazmolning kuch bilan yirtilishidan hosil bo‘lgan tovushni bildiradi.
                Surp shar etib yirtildi.
                                    
                    
            
            
                5.  2. Suyuqlikning shiddat bilan oqishidan hosil bo‘ladigan tovushni bildiradi.
                U qozonga bir paqir suvni shar etkazib quyib yubordi.