1.  El-xalq ichida qozonilgan katta obro‘, hurmat; shon-shuhrat, dovruq.
                
                                        Qizini yer-ko‘kka ishonmagan onasi bu qizni katta shavkat va dabdaba bilan uzatishni orzu qilardi.
                        Oybek, Tanlangan asarlar
                        
                        Shavkati olamga ketib, Birovlarga qamchi chopib
                        Oysuluv
                        
                        Qaydan keldi bu shavkat, o‘zg‘irlik, peshqadamlik.
                        Mirtemir
                        
            
            
                2.  Salobat, viqor; savlat.
                
                                        Saroyning o‘rtaligida adras ko‘rpachalar to‘shalgan shiypon ostida shavkat bilan paryostiqqa suyanib, karvonboshi o‘tirmoqda edi.
                        S. Ayniy, Qullar
                        
            
            
                3.  Dabdaba, tantana, hashamat.
                
                                        Bazm bu-tun shavkati, butun an’ana va odati bilan davom etadi.
                        Oybek, Tanlangan asarlar
                        
            
            
                4.  Shavkat (erkaklar va xotin-qizlar ismi).