1.  Biror ish-harakatni bajarishga intilish, berilish holati, darajasi.
                
                                        Mamat polvon, deyman, yutqizgan kishiday shaxtingiz past.
                        S. Anorboyev, Mehr
                        
                        Hozir 10-brigadada o‘zi mashina haydayapti. Shaxti durust.
                        Qahramonnoma
                        
                        Uning shaxtin bukolmas Na issiq va na sovuq.
                        Q. Muhammadiy
                        
                        Sen o‘zing ham oynaga qara-chi, qirchillama shaxting qolmagan
                        Shukrullo, Umrim boricha
                        
                        Daydi shamol endi shaxtidan qaytib, daraxt yaproqlarini mashaqqat bilan tebratmoqda. S.
                        Ahmad, Qadrdon dalalar
                        
                        Haydar tezda shaxtidan tushdi, atrofga qayg‘uli va parishon boqdi.
                        Oybek, Navoiy
                        
            
            
                2. rvsh. sh. Birdan, shartta, dadil.
                
                                        [Umarqul] Bir minutlar chamasi yotib qoldi. Birdaniga yuragi hovliqib, shaxt o‘rnidan turib, yo‘lga tushdi.
                        O. Husanov, Qo‘shiqchining taqdiri
                        
                        Naimiy nima bo‘lsa bo‘ldi, deganday shaxt ko‘tardi, lekin qo‘li qaltirab, vinoning yarmi to‘kildi.
                        A. Muxtor, Opa-singillar
                        
                        G‘ofir mashinadan shaxt tushib, katta ko‘k darvozaga yaqinlashdi va knopkani bosdi.
                        Q. Maqsumov, Muhabbat qo‘shig‘i