1. 1. Tayyor holatga keltirmoq, tayyor qilib qo‘ymoq, taxt qilmoq.
Ot-aravalarni shaylamoq.
▬
Traktorimni shaylab qo‘yganman. Qator oralarida qo‘shiq aytib ishlamasam, armondan chiqmayman.
F. Nurullayev, Bo‘z yigit
Odamlarni mexanizatorlik kurslarida o‘qityapmiz texnikani ko‘klamga shaylayapmiz. Gazetadan. Xalqni kurashga shaylash kerak.
Oybek, Oltin vodiydan shabadalar.
2. 2. O‘zini shaylamoq Biror ish-harakatni boshlashga tayyor bo‘lib turmoq.
Sizlar ham belni mahkam boylanglar, o‘zlaringni shay-langlar.
Ravshan