1.  Ma’lum vazn va qofiyali kichik badiiy asar.
                Aruz vaznidagi she’r. Barmoq vaznidagi she’r. Lirik she’r. Erkin she’r. G‘afur G‘ulom she’rlari.
                    ▬
                                        Xat konvertga tushayotganda, Normat uning oxiriga yana ikki misra she’r yozib qo‘ydi.
                        I. Rahim, Chin muhabbat
                        
                        Yurtim, senga she’r bitdim bu kun, Qiyosingni topmadim aslo.
                        A. Oripov