1. mod. s. Fikrning gumon, taxmin yoki tusmol bilan aytilganini bildiradi; balki, ehtimol, bo‘lsa kerak.
                Majlis bo‘lishini eshitmagan shekilli, u kelmadi.
                    ▬
                                        Mastura esa menga bir qaradi-yu, tanimadi shekilli, indamadi.
                        A. Qahhor, Ming bir jon
                        
                        — Men dadangizni oz-moz bilaman, — dedi Oyqiz, — Oltinsoyga yaqin-da keldinglar, shekilli?
                        Sh. Rashidov, Bo‘rondan kuchli
                        
                        Kinoga olishyapti, shekilli.
                        S. Ahmad, La’li Badaxshon