1.  Tarkibida shirasi bor, shirasi ko‘p; shirador.
                Shirali uzum. Shirali ozuqa.
                    ▬
                                        Polizlardagi shirali qovunlar kechki kuz sovug‘ida yorilib ketib, meni yenglar, deb termilib turibdi.
                        J. Sharipov, Xorazm
                        
                        Butazorning o‘rtasi yalanglik. U yerda juda shirali o‘tlar o‘sadi.
                        S. Anorboyev, Oqsoy
                        
            
            
                2.  Shira yuqli, shira teggan.
                
                                        Shirali, yuvuqsiz qo‘llarini ikki tomonga yoyib, xushlamayroq, mehmonga yelkasini tutdi kelin.
                        A. Muxtor, Kumush tola
                        
            
            
                3. ko‘chma hma Mazmunli, ma’nodor; sermazmun.
                Shirali gap.
                                    
                    
            
            
                4. ko‘chma hma Xush yoqadigan, yoqimli; jarang-dor (ovoz, kuy va shu kabilar haqida).
                
                                        — U [Elmurod] ba’zan o‘zi ruscha o‘qiganlarini gapirib berar, lekin bu, o‘qib berganday shirali va ma’nodor bo‘lmas edi.
                        P. Tursun, O‘qituvchi
                        
                        Bu qo‘shiq shunchalar yoqimli, shirali ediki, temirchi yigitning yuragida allaqanday bir hisni uyg‘otib yubordi.
                        S. Ahmad, Hukm