1.  Kvars qumiga boshqa ba’zi moddalarni qo‘shib eritish va kimyoviy ishlov berish yo‘li bilan olinadigan qattiq va shaffof material; oyna.
                Shisha eritadigan pech. Shisha ishlab chiqarmoq.
                    ▬
                                        Bu doktorxona to‘g‘risida Sotiboldining bilgani shu: salqin, tinch baland va chiroyli oq imorat; shisha qabzali eshigida qo‘ng‘iroq tugmasi bor.
                        A. Qahhor, Bemor
                        
            
            
                2.  Shunday materialdan yasalgan har xil shakldagi turli idish va buyumlar.
                Bir shisha atir. Pivo shishasi.
                    ▬
                                        Uning baxtiga bir vaqtlar stadionda birgalashib bo‘sh shishalar tergan bolalardan biri yo‘liqib qoldi.
                        I. Rahim, Tinimsiz shahar
                        
                        Lekin bu o‘qlarning biri devorni teshib ketdi, ikkinchisi chiroq shishasini chil-chil sindirdi.
                        H. G‘ulom, Mash’al