1.  Shod-xurramlik, tantana.
                
                                        Bayram shodiyonasi. G‘alabaga bag‘ishlangan shodiyona.◆Zuhra to‘yga ko‘nmadi, deb bo‘lmang tang, To‘y boshlansin, shodiyona boshlansin.
                        S. Abdulla, Tohir va Zuhra
                        
            
            
                2.  Shod-xurramlik yoki tantana bilan o‘tadigan (o‘tgan, o‘tayotgan).
                
                                        Shodiyona tuy.◆U bu uydagi, qishloq ayollari ta’riflagan shodiyona uchrashuvlar, maroqli suhbatlar xayoli bilan mast bo‘lib yurgan edi.
                        H. G‘ulom, Mash’al
                        
            
            
                3.  Xushxabar keltirgan kishiga beriladigan in’om, sovg‘a; suyunchi.