1.  Podsholarga xos, shohlarda bo‘ladigan; oliy darajadagi, juda yaxshi.
                
                                        Shohona kiyim. Shohona jihoz. Shohona kiyinmoq. Shohona yashamoq.◆Butun majlisni◆[Husayn Boyqaro] o‘zining shohona ziyofatiga taklif etdi.
                        Oybek, Navoiy
                        
            
            
                2.  Dabdabali, hashamatli.
                
                                        Pulingiz sandiqqa sig‘mayotgan bo‘lsa, kaminaga bering, men o‘zim shohona uy-joy qurdirib beraman.
                        O. Yoqubov, Diyonat
                        
            
            
                3.  Eng yirik va eng yaxshi, olamshumul.
                
                                        Kosmosga birinchi odamning parvoz qilishi kishilar ijodiy mehnatining shohona samarasi bo‘ldi.
                        Gazetadan