Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {shon}
So‘z bo‘g‘inlari: shon
Izoh(lar)i:
shon [shon ]

1. Erishilgan hurmat, obro‘, sharaf, shavkat. Senga do‘st bo‘lib ortdi Shon ila shuhratimiz. G‘ayratiy

1. Mahsi yoki etik qo‘njiga uriladigan tayoq-qolip. [Unsin] Shon qoqilgan, bo‘yi bir qarich kelar-kelmas tayyor bachkana mahsilarni silliq yog‘och bilan kuchi boricha ishqalab, so‘ng qora gul surkab, ularga pardoz beradi. Oybek, Tanlangan asarlar

2. Shonga tortmoq ayn. iskanjaga olmoq q. iskanja.

2. Mashhurlik holati; dovruq, dong, shuhrat. Paxta terib o‘tar uzun kun, Oshib to‘lar uning plani, Ishi bo‘lar uning ovoza — Doston bo‘lar dongi va shoni. H. Olimjon

3. G‘urur, faxr. Paxta — bizning shonimiz.◆Qaynab toshsin neft buloqlari, Neft mamlakatimizning shonidir. Yo, Mirzo

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: dovruq

1. shon I Ot
poyabzal qo‘njining qolipi

2. shon II Ot
hurmat, e’tibor, sharaf, izzat-obro‘, mavqe

Paronimi: mavjud emas.

Filologiya fanlari doktori, professor, O‘zFA akademigi Sh.Shoabdurahmonov1924- yilda Toshkentda tavallud topgan.. O‘zbek tili fonetikasi, o‘zbek tilining badiiy-estetik vazifasi, leksikografiyasi, morfologiyasi, dialektologiyasi yuzasidan qator salmoqli asarlar yaratib, tilshunosligimiz rivoji uchun munosib hissasini qo‘shdi. Jumladan, «O‘zbek tilida yordamchi so‘zlar» (1953), «Fonetika. O‘zbek tili fonetikasiga doir ba’zi masalalar» (1953), «O‘zbek tilida punktuatsiya» (1955), «O‘zbek adabiy tili va o‘zbek xalq shevalari» (1962) kabi asarlari o‘zbek tilshunosligining rivoji uchun munosib hissa bo‘lib qo‘shildi.

Akademik Sh.Shoabdurahmonov o‘rta va oliy ta’limda o‘zbek tili va tilshunosligini o‘qitishni takomillashtirish borasida ham samarali mehnat qildi. Ayniqsa, uning V.Reshetov bilan hamkorlikda oliy maktablarning o‘zbek filologiyasi fakulteti talabalari uchun «O‘zbek dialektologiyasi» (1962, 1969, 1978) darsligi, shuningdek, o‘rta maktablarning IX sinfi uchun hammualliflikda yozilgan «O‘zbek tili» (1977, 1978, 1980, 1982) hamda oliy o‘quv yurtlari uchun yaratilgan «Hozirgi o‘zbek adabiy tili. I qism» (1980) darsliklari alohida ahamiyatga ega.

 

1. aql ishonmaslik: -

2. aqli ishonmaslik: -

3. bir o‘q bilan ikki nishonga urmoq: -

4. ishonch komil: -

5. ishonchi komil: mutlaqo ishonadi

6. ishonchini oqlamoq: -

7. ishongan bog‘, suyangan tog‘: -

8. ishongan bog‘i, suyangan tog‘i: 1)suyanchig‘i, g‘amxo‘ri 2)orqa qiladigani, e’tiqod-ishonch bilan qaraydigani

9. ishongan tog‘: -

10. ishongan tog‘i: -

11. ko‘ngli parishon: -

12. ko‘zga ishonmaslik: -

13. ko‘ziga ishonmaslik: -

14. komil ishonch bilan: mutlaqo amin bo‘lgan holda

15. nishonga tekkan: -

16. nom-nishon qolmaslik: -

17. peshona teri: halol mehnat

18. peshona teri tukildi: mashaqqat bilan jismoniy mehnat qildi

19. peshonasi taq etib devorga tegmoq: o‘z bilganidan qolmay, oxiri ishi voy bo‘lmoq.

20. rizqi parishon: -

21. xotir parishon: -

22. xotiri parishon: -

23. yerga ham, ko‘kka ham ishonmaslik: -

24. yer-ko‘kka ishonmaslik: -

25. yeru ko‘kka ishonmaydi: o‘ta darajada ardoqlaydi, parvona bo‘ladi

1. Hujra – kulba – uy – hovli – qasr – koshona – saroy
Ma’nosiga ko‘ra
(hashamlik belgisining ortishiga ko‘ra)

2. Kapa – chayla – kulba – hujra – xona – uy- hovli – qasr – saroy – koshona – kushk
Ma’nosiga ko‘ra
(hashamlik belgisining ortiq-kamligiga ko‘ra)

3. Yorug‘ – nurli – charog‘on – yorqin – munavvar – porloq – ravshan – nurafshon
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(oydinlik belgisining kuchiga ko‘ra)

4. Yorug‘- nurli – charog‘on – yorqin – munavvar – porloq – ravshan – nurafshon
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanishining oz-ko‘pligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.