1.  Tezda bajarilishi lozim bo‘lgan; oshig‘ich.
                
                                        Shoshilinch buyurtma. Shoshilinch majlis. Shoshilinch ish. Shoshilinch telegramma. Shoshilinch tibbiy yordam. Ishi juda ham shoshilinch emas.◆Men shoshilinch bir ish bilan Buxoroga ketyapman
                        Mirmuhsin, Me’mor
                        
            
            
                2.  Shoshgan holda, shosha-pisha, shoshib-pishib.
                
                                        G‘ayratchan Xalil aka hamma ishni ham shoshilinch qilardi.
                        F. Musajonov, Himmat
                        
            
            
                3.  Shoshib turilgan payt.
                
                                        Shoshilinchda kitobimni unutibman.