1. 1. Yer yuzida keng tarqalgan, xavfli kasalliklar tarqatadigan kichik kemiruvchi sutemizuvchi hayvon. Shu payt ammamning yaqinda bolalagan targ‘il mushugi, og‘zida sichqon tishlagancha, uyga kirib ketdi. R. Azizxo‘jayev, Yashil chayla Qayerdadir yulg‘un tagida cho‘l sichqonimi, nimadir nogoh shitirladi-yu, Zulxumor cho‘chib tushdi. M. Mansurov, Yombi
2. 2. Muchal yil hisobida birinchi yil nomi. Uning yili — sichqon.
1. sichqon ini ming tanga bo‘lib ketmoq: -
2. sichqon ini ming tanga bo‘lmoq: -
3. sichqonning ini ming tanga bo‘ldi: qochib qutulgani joy topilmay qoldi