1.  Marta, karra, bora.
                
                                        Jabborov texnikani yana bir sidra ko‘zdan kechirish uchun besh kun imkoniyat borligini aytdi.
                        N. Hayitqulov, Yer tafti
                        
                        — Bugun ikki gektardan bir sidra terimda 38 sentner hosil ko‘taribmiz, — dedi brigadir.
                        S. Akbariy, Cho‘ldagi parvoz
                        
            
            
                2.  Odatda bir butunlikni tashkil etuvchi narsalarning to‘liq yig‘masi, to‘plami.
                Bir sidra kiyim.
                    ▬
                                        Bola-chaqa ma’mur. Yegani oldida, yemagani ketida. Kiyim-kechakdan esa uch-to‘rt sidradan, — dedi Nafas Yo‘ldoshevich.
                        H. Nosirova, Men o‘zbek qiziman
                        
            
            
                3.  Ayni bir paytda; ma’lum muddatda; qachonlardir.
                Bir sidra. Bir sidra shunday voqealar ham bo‘lib o‘tgan edi.
                    ▬
                                        Kumushning zaharli muammo maktubi bir sidra Otabekning ko‘z o‘ngidan o‘tib ketdi.
                        A. Qodiriy, O‘tgan kunlar