1.  Bor bo‘yicha tamaki tiqilgan, mushtuksiz, shuningdek, zararli moddalar ta’sirini kamaytirish maqsadida maxsus filtr bilan ta’minlangan qog‘oz naycha.
                Sigareta tutatmoq. Filtrli sigaret,
                    ▬
                                        Ahmad koridorga chiqib, cho‘ntagidan sigaret olib tutatdi.
                        F. Musajonov, Himmat
                        
                        Solih chekayotgan sigaretasining kulini qoqar ekan, uzilib qolgan gapini davom ettirdi.
                        O. Mo‘minov, Xiyobondagi uch uchrashuv