1.  Silliq yuza, sirt ustida monesiz, to‘siqsiz surilmoq; sirg‘anmoq, toyg‘anmoq.
                Sirpanib yiqilmoq. Sirpanib ketmoq.
                    ▬
                                        [Adolatning] Boshidan sirpanib ketgan paranjisi oyoqlariga o‘ralashib qoldi.
                        S. Zunnunova, Gulxan
                        
                        Kabutarlar dam uchib, dam sirpanib qo‘nib, gumbaz tevaragida quvonch bilan inoq o‘ynashar edi.
                        Oybek, Navoiy
                        
            
            
                2.  Silliq muz, yaxmalak yoki qor ustida uchmoq, sirg‘anmoq.
                Tepalikdan sirpanib tushmoq. Konkida sirpanmoq.
                    ▬
                                        Loy, toyg‘oq yo‘ldan eshagimiz qiynalib qadam tashlar, goh sirpanib, goh yiqilgudek munkib ketardi.
                        Yoshlik