1.  Ko‘krak, ko‘ks.
                
                                        Eslaganda, qizning siynasi Chuqur bir oh bilan qo‘zg‘alur.
                        H. Olimjon
                        
                        Mirqosimning qo‘lidagi chaqaloq birdan yig‘lab yubordi. La’li uni qo‘liga olib, bag‘riga bosdi-da, lorsillab turgan oppoq siynasini tutdi.
                        H. G‘ulom, Mash’al
                        
                        Xanjarning tig‘i uning [Shahzoda-xonning] siynasini bir necha bor yalab o‘tdi.
                        K. Yashin, Hamza
                        
            
            
                2. ko‘chma hma Dil, qalb, yurak.
                
                                        Bulbul uchib, qo‘nar zog‘lar, Siynam to‘la alam-dog‘lar.
                        Erali va Sherali
                        
                        Necha vaqtlar qo‘lim bog‘li, Bandi bo‘lib, siynam dog‘li.
                        Yusuf va Ahmad
                        
            
            
                3. ko‘chma hma Quchoq, bag‘ir; og‘ush.
                
                                        Buloq ona Yer siynasidan She’r singari qaynab oqadi.
                        E. Vohidov
                        
                        Sening uchun ochiqdir keng jahonning siynasi.
                        G‘. G‘ulom