1.  Tuki kam, qalin, quyuq emas.
                Siyrak soqol. Siyrak soch.
                    ▬
                                        Mo‘min aka peshonasini tirishtirdi, siyrak baroq qoshlari bir-biriga tutashdi.
                        O. Yoqubov, Bir felyeton qissasi
                        
                        Isfandiyor pinagini buzmadi. Siyrak murti bir uchib qo‘ydi, xolos.
                        S. Siyoyev, Avaz
                        
            
            
                2.  Ko‘p emas, kam; onda-sonda.
                
                                        Choyxonada odam siyrak edi.
                        S. Zunnunova, Yangi direktor
                        
                        Bugun maydondagi archalar ko‘zimga avvalgidan siyrak, katta ko‘rinyapti.
                        H. Nazir, So‘nmas chiroqlar
                        
                        Bu oilada har kun shirin-shirin ovqatlar tayyorlanadi. Ammo mehmon siyrak bo‘ladi.
                        Oybek, Tanlangan asarlar
                        
            
            
                3.  Kuzi, teshiklari katta-katta.
                
                                        Siyrak to‘r. Siyrak elak kunda kerak, Paxta elak hayitda kerak.
                        Maqol
                        
            
            
                4.  Arqoq-o‘rishlarining oralari ochiq-ochiq qilib to‘qilgan.
                Siyrak doka.
                                    
                    
            
            
                5.  Unchalik zich bo‘lmagan, siyraklashgan (gaz, havo va shu kabilar haqida).
                Siyrak bulut.
                    ▬
                                        Bu yer bo‘lsa dengiz sathidan ikki-uch ming metr baland, havo ancha siyrak.
                        S. Anorboyev, Oqsoy
                        
            
            
                6.  Kam uchraydigan, onda-sonda bo‘ladigan.
                Siyrak hodisa.
                    ▬
                                        O‘chadigan chiroq yonib o‘chadi, maqoli kabi Turkiston xonlarida siyrak ko‘rilgan bu ma’muriyatparvarlik bizga qolsa shu omillardan tug‘ilgan va bunda samimiy hech narsa yo‘q.
                        A. Qodiriy, Mehrobdan chayon