1.  Biror narsa orqali yoki uning orasidan asta-sekin yoki tomchilab o‘tmoq.
                
                                        Molxona tomining bo‘g‘otidan sizib tushayotgan yirik-yirik tomchilar ora-chora yaraqlardi.
                        O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
                        
                        Sobirning Lablarining chetidan sho‘rtang tomchilar sizib kirdi.
                        M. Mansurov, Yombi
                        
                        Orif aka tosh tagidan sizib chiqqan bir chashmadan yotib suv ichdi.
                        A. Muxtor, Chinor
                        
            
            
                2. ko‘chma hma Asta-sekinlik bilan, ohista.
                
                                        Yangroq kuy yurakka sizib kirib, go‘yo sizni anvoi gullar chamanzoriga yetaklagandek bo‘ladi.
                        Gazetadan
                        
                        Nusratbekning ko‘nglidan: Gulxayri biron joyga ketsaydi, degan istak sizib o‘tdi.
                        S. Nurov, Narvon