1. ot. ot. Oxir, pirovard, nihoya.
                
                                        Asarning boshi va so‘ngi. Zo‘rlikning so‘ngi — xo‘rlik.
                        Maqol
                        
                        [Kumush] So‘zining so‘ngini aytolmadi.
                        A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
                        
                        Qushbegi maktubning so‘ngrog‘iga kelib to‘xtadi-da, chaqirdi: — Pirmat, Pirmat!
                        A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
                        
                        Deydilar, fazoning chegarasi yo‘q, Milliard yulduzlarning so‘ngi ham fazo.
                        A. Oripov, Yillar armoni
                        
            
            
                2. sft. ft. Oxirgi, so‘nggi.
                So‘ng daf’a. So‘ng bor.
                                    
                    
            
            
                3. rvsh. sh. Keyin, so‘ngra.
                
                                        So‘ng dardi yengillashdimi, qadamlari ildamlashdi.
                        Sharq yulduzi
                        
                        So‘zimiz tamom bo‘lsin, so‘ng borajakman.
                        S. Siyoyev, Yorug‘lik
                        
            
            
                4. ko‘m. (chiqish kelishigi bilan) an) Bir nimadan keyin.
                Bir ozdan so‘ng.
                    ▬
                                        Salomdan so‘ng Ahmad to‘g‘ri muddaoga o‘tdi.
                        F. Musajonov, Himmat
                        
                        Ustod bir necha soniyalik mulohazalardan so‘ng qat’iyat ila oldinga yurib, ipni ushladi.
                        Fan va turmush