1.  Keyin, so‘ng.
                
                                        Dushman oshingni yer, So‘ngra boshingni yer.
                        Maqol
                        
                        [Fotima:] Oldin bir narsaga tushunib oling, so‘ngra achchiq qilsangiz mumkin.
                        Hamza, Tuhmatchilar jazosi
                        
            
            
                2.  Bundan, bulardan tashqari; ikkinchidan.
                
                                        Keluvchilar ahli rasta, ya’ni savdogarlardan, so‘ngra ulamo, mudarris va eshonlardan iborat.
                        Oybek, Tanlangan asarlar
                        
                        Endi Salimjonga kirib ayting, bunday ishdan qo‘lini tiysin! Bu — bir, so‘ngra, hovliqmasin.
                        Oybek, Tanlangan asarlar