1.  Jimlik, jimjitlik, sukunat.
                
                                        Tun sokinligini onda-sonda itlarning hurib qo‘yishlari buzardi, xolos.
                        Yoshlik
                        
                        Qishloq uzra sokinlik indi, Tun chodirin sekin tashlaydi.
                        Sharq yulduzi
                        
            
            
                2.  Bosiqlik, xotirjamlik.
                
                                        Mutribning turish-turmushidagi xokisorlikmi, halimlik yo sokinlikmi, nimadir Avazga tez va kuchli ta’sir qiladi.
                        S. Siyoyev, Yorug‘lik
                        
                        [Professorning] Qoramag‘iz chehrasida allanechuk xotirjamlikmi, sokinlikmi, shunga o‘xshash ifoda ko‘rinib turar edi.
                        O‘. Hoshimov, Nur borki, soya, bor