1.  Davlat tomonidan amaldagi qonunlar asosida yuridik va jismoniy shaxslarning daromadi yoki mol-mulkidan undiriladigan va byudjetga o‘tkaziladigan majburiy to‘lov.
                Mahalliy soliq. Daromad solig‘i. Soliq yig‘moq. Soliq to‘lamoq.
                    ▬
                                        Uning [Musulmonqulning] o‘z kayficha oyda emas, haftada solib turgan soliqlari fuqarolarning terisini shilsa ostirib, kestirib turishi xosni ham esankiratdi.
                        A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
                        
                        Soliq imtiyozlari berishning xilma-xil shakllari jahondagi ko‘pgina mamlakatlarning soliq amaliyotida qo‘llanadi.
                        O‘zME
                        
            
            
                2.  Biror xarajatni qoplash, biror ma’raka-marosimni o‘tkazishga yordam berish maqsadida o‘zaro kelishib, ko‘pchilikka (aso-san qarindoshlar va yaqin kishilarga) sochilgan, taqsimlangan to‘lov, yig‘im.
                
                                    
                    
            
            
                3. etn. tn. Oliq-soliqdagi bitimga muvofiq, kuyov tomondan kelin tomonga berilishi lozim bo‘lgan pul va narsalar.
                
                                    
                    
            
            
                4.  Quyi solingan, osilgan, solig‘liq.
                
                                        Uning [Dadamat akaning] qovog‘i soliq, ko‘rinishidan jahldor odamga o‘xshardi.
                        F. Musajonov, Himmat
                        
                        Rangi quv o‘chib, behush kabi qotgan Ahmad Husayn boshi quyi soliq edi.
                        Oybek, Nur qidirib