1.  Qalbakilik, yuzakilik, yasama ekanlik.
                Hujjatning soxtaligi.
                    ▬
                                        faqat aroq ichmagan Otamurodgina bu yaqinlikning soxtaligi-yu bu mehribonchiliklarning shunchaki, yo‘liga ekanini sezib, ich-ichidan g‘ijinib o‘tirar, nimagadir uning ko‘ngli g‘ash edi.
                        M. Mansurov, Yombi
                        
            
            
                2.  Soxta ish, xatti-harakat; qalloblik.
                
                                        Goho axloq tabiatiga begona qiliqlar ham uchrab qoladi. Bularni soxtalik yo riyokorlik deb atash mumkin.
                        M. Ismoiliy, Odamiylik qissasi