1.  Yaxshi, tuzuk, durust, qulay.
                
                                        Oz so‘z — soz so‘z.
                        Maqol
                        
                        Ish quroling soz bo‘lsa, mashaqqating oz bo‘lar.
                        Maqol
                        
                        Namangan boraman, sozdir havosi, Mevalari shirin, dardning davosi.
                        S. Abdulla
                        
                        Bu gulshan soz edi, soz ustiga soz etgali keldik. Qadrdonlarni shod aylab, sarafroz etgali keldik.
                        Habibiy, Tanlangan asarlar
                        
            
            
                2.  O‘zaro yaxshi munosabat, muomala; hamjihatlik, inoqlik, ittifoqlik.
                
                                        Qarindoshlar bilan sozingiz chiqmas emish.
                        N Norqobilov, Bekatdagi oq uycha
                        
            
            
                3. mus. us. Sozlangan, sozi to‘g‘rilangan.
                Dutor hali soz emas.
                                    
                    
            
            
                4.  Musiqa asbobi torlarining yoki musiqa asboblarining o‘zaro mos tovush uyg‘unligi.
                Royalning sozi buzilibdi. Sozini to‘g‘rilamoq.
                                    
                    
            
            
                5.  1. Milliy musiqa asboblarining (masalan, dutor, tanbur, g‘ijjak) umumiy nomi.
                
                                        Qirqida qo‘liga soz olgan qiyomatda qulog‘ini burar.
                        Maqol
                        
                        Asta-sekin boshlangan chapak tobora avj olib, soz ovozini bosib ketdi.
                        A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
                        
                        Bu simfoniya orasidan avtorning yakka sozda chalgan turli pardadagi ovozi yaqqol eshitilib turadi.
                        O‘TA
                        
            
            
                6.  2. Turkiya, Eron va Ozarbayjonda tarqalgan torli-tirnama musiqa asbobi.
                
                                    
                    
            
            
                7.  3. Musiqa asbobining yoki xonandalarning ovozi, sadosi, navosi.
                
                                        Yo‘rg‘alardi sozga bir go‘zal do‘ndiq, Hamma eshitardi zavq bilan qo‘shiq.
                        M. Alaviya