1.  Sog‘liqni mustahkamlashga va jismoniy jihatdan har tomonlama o‘sishga qaratilgan badantarbiya mashqlari, shular bo‘yicha musobaqalar, kurash, turizm va shu kabilar majmui; jismoniy madaniyatning tarkibiy qismi.
                Sport zali. Sport gimnastikasi. Sport o‘yinlari. Sport bilan shug‘ullanmoq.
                    ▬
                                        Umidning boks sporti haqida ba’zan uzoq gapirib, Hafizani zeriktirgan vaqtlari ham bo‘lgan edi.
                        Mirmuhsin, Umid
                        
                        Qolaversa, bolalarimiz ot sporti bilan shug‘ullansa, sog‘lom, baquvvat bo‘lib, yurtimizga posbon bo‘ladi.
                        Gazetadan