1. tex. ex. Metall, yog‘och, qattiq materiallarga ishlov berish, ulardan biror narsa tayyorlash hamda gazlama to‘qish uchun xizmat qiluvchi mashina.
                Parmalash stanogi. Silliqlash stanogi.
                    ▬
                                        Ming-minglab kishilar mashina, stanoklar, konveyerlar qarshisida ertadan kechgacha turib mehnat qilishadi.
                        Fan va turmush
                        
                        So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, duxoba tayyorlash uchun yangi pnevmatik-avtomatik stanoklar tayyorlanishi nazarda tutilmoqda.
                        Gazetadan
                        
            
            
                2. harb. rb. To‘p, pulemyot va shu kabilar qurollar o‘rnatilgan, odatda, g‘ildirakli asos.
                Pulemyot stanogi.