1. 1. Uncha kuchli, shiddatli bo‘lmagan; sekin, past. Sust oqim. Sust olov. ▬ Tez maslahat yovning bo‘ynin egdirur, Sust maslahat bul o‘ljadan qo‘ydurur. Gulixiromon Ertalab turib, gazeta varaqlashga yuragim dov bermaydi. Nega qo‘rqaman, nimaga ishonchim sust? A. Muxtor, Asarlar
2. 2. Sekin ish qiladigan, kamfaol, imillagan; sustkash. Sust odam. Bozor sust. Kuli sust kosibdan oyog‘i chaqqon gadoy yaxshi. Maqol Omborxonalar ta’minoti sust amalga oshirilyapti. Gazetadan
3. 3. Lanj, bo‘shashgan. Da’vogar sust bo‘lsa, qozi muttaham bo‘ladi. Maqol
1. ko‘ngil sust ketmoq: -
2. ko‘ngli sust ketmoq: -