1.  Uncha kuchli, shiddatli bo‘lmagan; sekin, past.
                Sust oqim. Sust olov.
                    ▬
                                        Tez maslahat yovning bo‘ynin egdirur, Sust maslahat bul o‘ljadan qo‘ydurur.
                        Gulixiromon
                        
                        Ertalab turib, gazeta varaqlashga yuragim dov bermaydi. Nega qo‘rqaman, nimaga ishonchim sust?
                        A. Muxtor, Asarlar
                        
            
            
                2.  Sekin ish qiladigan, kamfaol, imillagan; sustkash.
                
                                        Sust odam. Bozor sust. Kuli sust kosibdan oyog‘i chaqqon gadoy yaxshi.
                        Maqol
                        
                        Omborxonalar ta’minoti sust amalga oshirilyapti.
                        Gazetadan
                        
            
            
                3.  Lanj, bo‘shashgan.
                
                                        Da’vogar sust bo‘lsa, qozi muttaham bo‘ladi.
                        Maqol