1.  Suvga tashnalik, chanqashlik.
                
                                        Ortiq, suvsizlik yurak-bag‘rini o‘r-tab, issiqqa chidamay, yulg‘un tagiga suriladi, boshini soyaga olib, qo‘llarini qumga tiqib, salqin izlaydi.
                        M. Mansurov, Yombi
                        
                        Qip-qizil qumda piyoda yurib, ochlikda, suvsizlikda ovora bo‘lib, ikkoving ham o‘lasan.
                        Malikayi ayyor
                        
            
            
                2.  Suv tanqisligi, yetishmasligi.
                
                                        Milliy matbuot markazida Orol dengizi hamda suvsizlik kabi asosiy masalalarni muhokama qilishdi.
                        Gazetadan