1.  Bir uchini yerga, ikkinchi uchini biror tik narsaga taqab turg‘izib qo‘ymoq; tiramoq, tayamoq.
                
                                        Hassani devorga suyab qo‘ymoq. Tepib o‘tma, suyab o‘t.
                        Maqol
                        
                        U devorga suyab qo‘yilgan oyboltaga tash-landi.
                        Yoshlik
                        
            
            
                2.  Biror yeridan tutib, ko‘tarib madad bermoq.
                
                                        Kampir, aziz mehmonlarni o‘tqizgandan keyin, cholni suyab olib kirdi.
                        A. Qahhor, Oltin yulduz
                        
                        [Soqi bobo] Uni qo‘l-tig‘idan suyab, otga mindirdi.
                        Ergash Jumanbulbul o‘g‘li
                        
                        Oyoqlari uvushgan boyni aravadan suyab tushirishda bukriga Toshtemir ko‘maklashdi.
                        H. G‘ulom, Feruza
                        
            
            
                3. ko‘chma hma Madad, yordam bermoq; qo‘llamoq.
                
                                        Sen yo‘g‘ingda meni shular suyab yurishdi-da.
                        H. G‘ulom, Mash’al