Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {suyul} - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: su-yul-moq
Izoh(lar)i:
suyul fl

1. Ma’lum darajadan suyuqroq bo‘lmoq. Loyga suvni ko‘p quyavermang, suyulib ketadi.

2. fiz. iz. Siqilib yoki erib, suyuq holga kelmoq (gaz yoki qattiq jismlar haqida).

3. Siylagan, hurmat-izzat qilgan yoki erkalatgan sari haddan oshmoq, chegaradan tashqari ish qilmoq. Rahimov Masafoyevni chap yonidagi joyga chaqirdi. Bunaqa paytlarda Masafoyev juda suyulib ketardi. S. Ahmad, Jimjitlik
— Xumor bo‘lganda qandoq! — dedim bir oz suyulib. Gazetadan

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: suyunmoq Sevinmoq, xursand bo‘lmoq.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.