1.  Bilim berish, malaka va ko‘nikmalar hosil qilish jarayoni, kishini hayotga va mehnatga tayyorlashning asosiy vositasi.
                
                                        Ta’lim va tarbiya ajralmas egizaklar bo‘lib, ma’lumot ularning totli mevasidir.
                        R. Usmonov, Odobnoma
                        
            
            
                2.  Ilm-fan yoki kasb-hunar sohalari bo‘yicha egallanadigan, olinadigan ma’lumot va ko‘nikmalar majmui; bilim.
                
                                        Ilk bor alifbodan olganda ta’lim
                        E. Vohidov, Muhabbatnoma
                        
            
            
                3.  Tarbiya, odob-axloq.
                
                                        Arabboy qancha o‘qisa ham, uning qiliq va gapirishi, yurish-turishi maktabda ta’lim ko‘rgan kishini emas, balki chapani aravakashni eslatib turar edi.
                        P. Tursun, O‘qituvchi
                        
            
            
                4.  Ko‘rsatma, yo‘l-yo‘riq, o‘rgatuv.
                
                                        Arzi xola Qutbi otinning haligiday ta’limidan gangib qoldi.
                        R. Azizxo‘jayev, To‘lg‘oq yemagan juvon